Yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
13.10.2025 196 Yangiliklar

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriq ijrosi doirasida Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Shu munosabat bilan 2025-yil 12-oktabrdan boshlab yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi.

Yo‘nalish: O‘zbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati
Avtobuslar: 8 ta, 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli zamonaviy oq rangli Yutong avtobuslari
Harakat vaqti: 05:30 — 22:50