Umumiy ma'lumotlar

Bugungi kunda boshqarmada ayollar va erkaklar uchun barcha mehnat sharoitlari yaratilgan, ular teng huquq va imkoniyatlardan foydalanmoqda.

Boshqarmada ishga qabul qilishda erkaklar va ayollarning teng huquqlarini kafolatlaydi. Boshqarmada jami 27 nafar xodim mehnat qiladi, shundan 8 nafari (29.6 foiz) ayollar, 19 nafari (70.37 foiz) erkaklardir.

Teng imkoniyatlar yaratilgan. Transport vazirining 2021-yil 1-apreldagi 69-son buyrug‘i bilan Kadrlarni tanlash, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tizimi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, 2023-yil 2-avgustdagi 137-sonli buyrug‘i bilan Kadrlar tanlash, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Ochiq mustaqil tanlov asosida kadrlarni tanlash jarayoni, uning asosida ishga qabul qilishning shaffofligi ta’minlanadi.

Xususan, homilador ayollar va bolasi bor ayollarni ishga joylashtirish kafolatlari, ayollarga yillik ta’til, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari tartibini belgilashda beriladigan imtiyozlar, homilador va bolali ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish so‘zsiz qo‘llaniladi.

Transport tizimida mehnat qonunchiligiga rioya qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi holatini aniqlash va baholash bo‘yicha tizimli anonim so‘rov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, xodimlar kun davomida o‘z faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi uchun vaqtni boshqarishning yangi zamonaviy modellaridan foydalanish targ‘ib qilinmoqda.

Ayni paytda boshqarmada ish xodimlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizim -KPI asosida tashkil etilib, har bir xodimning faoliyati individual ravishda baholanmoqda. Bu o‘z navbatida ish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.