0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriq ijrosi doirasida Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan 2025-yil 15-noyabrdan yangi 194-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi.
Yo‘nalish: Toshkent shahri, Janubiy vokzal — Toshkent viloyati, Niyozboshi mahallasi
Yo‘nalishda Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.
⏰ Harakat vaqti:
– Ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus)
– Shanba: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus)
– Yakshanba: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus)
Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
