E’LON! Yo‘lovchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
16.10.2025 157 Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek (https://t.me/toshdeptransport/7363), 2025-yil 21-sentabrdan boshlab Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida yo‘l inshooti qurish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar davomida ayrim avtobus yo‘nalishlari aylanma yo‘l bo‘laklari orqali harakatlanmoqda. Biroq, chorraha atrofida yuzaga kelayotgan transport tirbandliklari sababli ayrim yo‘nalishlarda qatnov va harakat oraliqlari uzaymoqda.

Shu bois, yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va yo‘nalishlardagi interval vaqtlariga rioya etilishini nazarda tutgan holda, 2025-yil 17-oktabr kunidan boshlab
➡️ 68-sonli “Food city savdo markazi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati qisqartiriladi.
Endilikda yo‘nalish “Qo‘yliq dehqon bozori — Chorsu savdo markazi” oralig‘ida harakatlanadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: hozirda Qo‘yliq bozori – Food city oralig‘ida 68-sonli yo‘nalishga muqobil ravishda 39, 45, 93 va 128-sonli avtobus yo‘nalishlari qatnamoqda. Ushbu yo‘nalishlarda jami 48 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.