Yangi avtobus yo'nalishi ishga tushirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
17.11.2025 168 Yangiliklar

2025-yil 13-noyabrdan 170-sonli “Musaffo maskan – Rohat metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘nalishda “Toshshahartransxizmat” AJning “1-avtobus saroyi” filiali xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun:
Yo‘nalishda 3 ta MAN A22 rusumli avtobuslar harakatlanadi.
Yo‘nalish Musaffo maskan va Suvsoz mavzelarini Rohat metrosi bilan bog‘laydi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi