Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim ko'chalarda transportlar harakati cheklanadi

Chop etish Sahifani ulashish
18.02.2026 202 Yangiliklar

"Ramazon oyi" kechalarida taroveh namozi o'qilishi munosabati bilan, 2026-yilning 18-fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi

 

t/r Masjid nomi Harakat cheklanadigan ko'chalar Yo’nalishlar Avtobus saroyi
1 Tepa masjidi  

Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

50 5-АС
2 Islom ota masjidi  

Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi. 

 

22, 127 1, 7-АС
3 Ali ibn Abu Tolib masjidi  

Yashnobod tumani, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi

 

18, 106, 148 5-АС
4 Usmon bin Maz’um masjidi  

Yakkasaroy tumani, KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha harakat cheklanadi

 

32, 62, 70, 143 4, 7, 12-АС
5 Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi  

Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar harakat cheklanadi

 

8Т, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146 4, 7, 8, 18-АС
6 Hazrati imom masjidi  

Olmazor tumani, Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar harakat cheklanadi

 

42, 43, 109 8-АС
7 Islomobod masjidi  

Olmazor tumani, KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi

 

65, 118, 120 8, 18-АС
8 Do‘stjonboy (Sulola) masjidi   Olmazor tumani, Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar harakat cheklanadi 118, 120 8, 18-АС
9 Mirza Yusuf masjidi   Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.  38, 50 4, 5-АС
10 Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi   Uchtepa tumani, Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi 13, 56 7-АС
11 Hazrati Ali masjidi   Uchtepa tumani, Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi 64, 73, 87, 114, 139 4, 7,18-АС
12 Novza masjidi   Chilonzor tumani,  Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi 56, 118, 150 7, 8-АС
13 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi   Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi 17Т, 98 7, 18-АС
14 Ubay ibn Ka’b (Bo‘rijar) masjidi   Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi 17Т, 98 7, 18-АС
15 Katta Qozirabod masjidi   Chilonzor tumani, Chilonzor ko`chasi 18, 77, 80, 103, 135 2, 4, 5, 7, 18-АС
16 O'nqo'rg'on jome masjidi Qibray tumani, A.Ustaboboyev ko`chasi, O'nqo'rg'on MFY 3 2-AC
17 Bo`ta buva jome masjidi Chilonzor tumani, Beshqo`rg`on ko`chasi 161 4-AC
18 Mirxalil xoji masjidi Toshkent tumani, Bobur ko`chasi 65 8-AC
19 Umar Ibn Xattob masjidi Yunusobod tumani, Bog‘iravon ko‘chasi 35, 78 8, 18-AC
20 Yunusobod Oq-tepa masjidi Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi 71 8-AC
21 Eshon Boboxon masjidi Shayxontohur tumani, Al Xorazmiy ko`chasi 29 18-AC