Toshkent shahar hududidagi jamoat transporti yo‘nalishlarini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
06.04.2026 11 Yangiliklar

E ’ L O N  !

2026-yil 6-may                                                                  soat 1200

 

T/R

Yoʻnalish raqami

Yoʻnalish nomi

Yoʻnalish turi

1

11 I

Qoraqamish 1/2 mavzesi-Chinni bozori

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

2

182 M

Gulobod ko‘chasi-Chilonzor mavzesi 25-daha AShB

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

3

167 M

Yunusobod mavzesi 12-daha-Chorsu savdo markazi

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

4

13 I

Qoraqamish 2/5 mavzesi-Chilonzor buyum bozori AShB

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

5

2 M

Yangiobod mavzesi-Do‘stlik metrosi

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

6

4 A

Nurafshon shahri markaziy bekati-Qo‘yliq dehqon bozoori

Avtobus yo'nalishi

 

Toshkent shahar hududidagi jamoat transporti yo‘nalishlarini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga hamda muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

Maʼlumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01 (311)