Toshkent shahar hududidagi yoʻnalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2026 130 Yangiliklar

E ’ L O N  !

 2026-yil 20-fevral                                                                                        soat 1200

 

T/R

Yoʻnalish raqami

Yoʻnalish nomi

Yoʻnalish turi

1

4 A

Nurafshon shahri markaziy bekati-Qo‘yliq dehqon bozori

Avtobus yo‘nalishi

2

10 A

Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi-Yunusobod mavzesi 12-daha

Avtobus yo‘nalishi

3

11 I

Qoraqamish 1/2 mavzesi-Chinni bozori

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

4

182 M

Gulobod ko‘chasi-Chilonzor mavzesi 25-daha AShB

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

5

171 M

Yunusobod mavzesi 9-daha-Paxtakor metrosi AShB

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

6

137 M

G‘isht zavodi-TAPOiCh

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

7

167 M

Yunusobod mavzesi 12-daha-Chorsu savdo markazi

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

8

13 I

Qoraqamish 2/5 mavzesi-Chilonzor buyum bozori AShB

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

9

2 M

Yangiobod mavzesi-Do‘stlik metrosi

Yoʻnalishli taksi yoʻnalishi

Toshkent shahar hududidagi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga hamda muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

Maʼlumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01 (308).