Toshkent shahar hududidagi yoʻnalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
07.01.2026 169 Yangiliklar

E ’ L O N !

2026-yil 4-fevral soat 12:00

 

Yo‘nalish raqami — 31 M.

Yo‘nalish nomi — Qorasuv 1-mavzesi – Buyuk Ipak yo‘li metrosi.

Yo‘nalish turi — yo‘nalishli taksi yo‘nalishi.

 

Toshkent shahar hududidagi yoʻnalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda
OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi **“Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan
**“Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”**ga muvofiq:

– tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

– aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolgan hollarda istisno etiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hisob raqamiga o‘tkazishi hamda o‘z tender takliflarini axborot tizimi orqali taqdim etishi lozim.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi. Tender takliflari taqdim etilgandan so‘ng ularga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkil etuvchi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon:
(+998 71) 202-05-01 (205)