0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
2026-yil 16-yanvar
Boshlanish vaqti: soat 14:00
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi
738-sonli qarori talablariga muvofiq, Toshkent shahar hududidagi yo‘nalishli taksi va shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha ochiq tender elektron tarzda o‘tkaziladi.
| T/R | Yo‘nalish raqami | Yo‘nalish nomi | Yo‘nalish turi |
|---|---|---|---|
| 1 | 4 | Nurafshon shahri markaziy bekati – Qo‘yliq dehqon bozori | Avtobus |
| 2 | 10 | Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi – Yunusobod mavzesi, 12-daha | Avtobus |
Ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan;
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega;
Elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan.
Tender O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida o‘tkaziladi.
Tender takliflari e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi;
Bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
(shartnoma amal qilish muddati tugashiga 60 va undan kam kun qolgan holatlar bundan mustasno);
Tender takliflari belgilangan muddatdan so‘ng qabul qilinmaydi;
Takliflar taqdim etilgandan so‘ng ularga tuzatish kiritish mumkin emas;
Qatnashchilarning takliflari axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan:
Tenderni tashkil etish xarajatlarini qoplash maqsadida
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi;
To‘lov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining quyidagi hisob raqamiga o‘tkaziladi:
Bank: ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi
Hisob raqami: 4014108604262773422967279
Bank kodi: 00997
STIR: 202811527
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
☎ Telefon: (+998 71) 202-05-01 (205)
