Rekonstruksiya ortidan: avtobus yo‘nalishlari va xavfsizlik muhokamada

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 162 Yangiliklar

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasida “Toshshahartransxizmat” AJ qoshidagi Idoralararo tezkor shtab a’zolari raisligida Bosh boshqarma hamda “Toshshahartransxizmat” AJ rahbar va mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Majlisda Shota Rustavelli ko‘chasida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilgach:

-jamoat transporti avtobus yo‘nalishlari harakatini qayta tashkil etish,

-yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish va yo‘lovchilar oqimini teng taqsimlash,

-barcha harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida nafaqat avtobus yo‘nalishlari, balki piyodalar yo‘laklari, velosiped yo‘llari hamda to‘xtash joylari kabi infratuzilma elementlarini samarali ishlatish, transport oqimini tartibga solish va zamonaviy shahar talablari darajasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun:
Sh. Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish natijalariga ko‘ra:

Yo‘lovchilarga eslatma:
Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilgach, yangilangan transport yo‘nalishlari va to‘xtash joylari haqida qo‘shimcha axborot rasmiy kanallar orqali e’lon qilinadi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi