0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali va Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 25-martidan 8-apreliga qadar respublika bo‘ylab chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida joriy yilning 31-mart kuni Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent tibbiyot diagnostika markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar.
Maqsad: Kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika qilish va jamoada sog‘lom mehnat muhitini mustahkamlash.

