0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
E’LON!
2025-yil 10-dekabr, soat 10:00
Toshkent shahar hududidagi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha lotlar taqdim etiladi:
| № | Yo‘nalish raqami | Yo‘nalish nomi | Turi |
|---|---|---|---|
| 1 | 2 M | Yangiobod mavzesi – Do‘stlik metrosi | Yo‘nalishli taksi |
| 2 | 13 И | Qoraqamish 2/5 mavzesi – Chilonzor buyum bozori ASHB | Yo‘nalishli taksi |
| 3 | 167 M | Yunusobod 12-daha – Chorsu savdo markazi | Yo‘nalishli taksi |
| 4 | 137 M | G‘isht zavodi – TAPOiCh | Yo‘nalishli taksi |
| 5 | 171 M | Yunusobod 9-daha – Paxtakor metrosi ASHB | Yo‘nalishli taksi |
| 6 | 11 И | Qoraqamish 1/2 mavzesi – Chinni bozori | Yo‘nalishli taksi |
Tender O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori asosida, elektron axborot tizimi orqali (e-tender.uztrans.uz) o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish huquqiga ega:
O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan, yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar.
Tender to‘lovi:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 % — Transport vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR 202811527) o‘tkaziladi.
Muhim:
Takliflar faqat e-tender tizimi orqali qabul qilinadi;
Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi;
Taqdim etilgan takliflarga tuzatish kiritish mumkin emas.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (308)
